Suv kodeksi

109-modda. Kema qatnaydigan suv ob'yektlari

Daryolar, ko'llar, suv omborlari, kanallar birgalikda foydalanadigan suv ob'yektlaridir, bundan ulardan ushbu maqsadlarda foydalanish to'la yoki qisman taqiqlangan yoxud ular tanho foydalanishga berilgan hollar mustasno. Kema qatnovi uchun suv ob'yektlaridan foydalanish suv xo'jaligi organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari hamda transport sohasidagi vakolatli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suv ob'yektlaridan kichik kemalarda (eshkakli va motorli qayiqlarda, katerlarda, yelkanli yaxtalar va shu kabilarda) suzib yurish uchun foydalanishga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kichik kemalardan foydalanish qoidalariga rioya etilgan holda ruxsat beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.