Suv kodeksi

119-modda. Alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarini muhofaza qilish

Alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarini muhofaza qilishning huquqiy rejimi ushbu Kodeksda, tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi: suv ob'yektlaridagi barqaror suv oqimi, ekologik tizimlarni saqlash va tiklash uchun ekologiya hamda sanitariya maqsadlarida suv chiqarib turilishi ustuvorligini ta'minlash; suv ob'yektining ekologik tizimi uchun texnogen yuklama va suv sifati normativlarini belgilash; suv ob'yekti akvatoriyasini suv va shamol eroziyasidan, cho'llanishdan, botqoqlanishdan, ikkilamchi sho'rlanishdan, ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari hamda boshqa ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish; antropogen aralashuv yoki tabiiy ofatlar natijasida buzilgan suv fondi yerlarini rekultivatsiya qilish; sanitariya-epidemiologik va ekologik vaziyatni saqlash hamda yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy faoliyatning alohida rejimini o'rnatish; tabiiy hududlardagi suv ob'yektlarini saqlashga qaratilgan boshqa tadbirlar. Alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarida va ularga tutash hududlarda quyidagilar taqiqlanadi: suv ob'yekti havzasining tabiiy ekotizimlari buzilishiga, aholining hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan atrof-muhitning o'zgarishiga sabab bo'ladigan faoliyat; zararsizlantirish yoki utilizatsiya qilish imkoni bo'lmagan radioaktiv chiqindilar va mahsulotlarni suvni muhofaza qilish zonalariga olib kirish, ushbu zonalarda saqlash yoki ko'mish; qamishni va boshqa o'simliklarni o'rish, ularni yoqish, daraxtlarni tomiri bilan sug'urib olish, baliqlar uvuldiriq tashlaydigan joy sifatida ahamiyatga ega bo'lgan daryolar o'zanlariga ishlov berish; majburiy davlat ekologiya-sanitariya ekspertizasini o'tkazmasdan, ishlarni bajarish bo'yicha xo'jalik faoliyatini amalga oshirish va xizmatlar ko'rsatish; alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarining holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan boshqa faoliyat. Suvdan va suv resurslaridan kompleks foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning bosh hamda havza sxemalarini tuzishda alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarida xo'jalik faoliyatini tartibga solish rejimining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Alohida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlarining ro'yxati va ularda xo'jalik faoliyatini tartibga solishga doir huquqiy rejimning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.