Aholining davolash va madaniy-sog'lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mineral suvlar manbalari, shifobaxsh balchiqlar konlari, mineral ko'llar atrofida davolash manbalarining tabiiy fizik va kimyoviy xususiyatlarini saqlash, shuningdek ularni buzilishdan, ifloslanishdan hamda kamayib ketishidan saqlash maqsadida sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi.
Bir yoki bir-biriga bog'liq bo'lgan bir necha mineral suvlar konlaridan, aralash cho'milish joylaridan va boshqa tabiiy davolash vositalardan foydalanilganda ular uchun yagona sanitariya muhofazasi zonasi belgilanishi mumkin.
Sanitariya muhofazasi zonasi uch zonaga bo'linadi: birinchisi — qat'iy rejimli zona, ikkinchisi — cheklangan rejimli zona va uchinchisi — kuzatuv zonasi.
Birinchi zona mineral suvlar yuzaga chiqadigan va shifobaxsh balchiqlar konlari, mineral ko'llar, suvidan davolash maqsadlari uchun foydalaniladigan ko'rfazlar, plyajlar joylashgan joylarni, shuningdek dengizning sohil bo'yi mintaqasini va plyajlarga tutashuvchi, kengligi kamida 100 metr bo'lgan hududni qamrab oladi.
Ikkinchi zona quyidagilarni qamrab oladi:
yer usti suvlarining mineral suvlar yuzaga chiqadigan joyga, shifobaxsh balchiqlar konlariga, mineral ko'llar va ko'rfazlarga, mineral manbalar hosil bo'lishida ishtirok etuvchi mineral va chuchuk suvlar aylanadigan yer yuzasidan uncha chuqur bo'lmagan joylarga oqishi yuz beradigan hududni;
mineral suvlar va shifobaxsh balchiqlar tabiiy hamda sun'iy ravishda saqlanadigan joylarni;
sanatoriy-kurort tashkilotlari joylashgan hududni, shuningdek loyiha hujjatlariga ko'ra istirohat bog'lari, o'rmon-bog'lar va boshqa dov-daraxtlar kabi muassasalar barpo etish uchun mo'ljallangan hududni qamrab oladi.
Uchinchi zona (uning tashqi chegaralari sanitariya muhofazasi zonasining chegaralariga mos keladi) hududning tevaragida joylashgan gidromineral resurslar to'yinadigan va shakllanadigan barcha joylarni, dov-daraxtlarni, shuningdek sanitariya muhofazasi zonasi uchun belgilangan qoidalarga rioya etmasdan xo'jalik maqsadlarida foydalanilishi mineral suvlar va shifobaxsh balchiqlar konlarining gidrogeologik rejimiga, sanitariya va landshaft-iqlim sharoitlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hududlarni o'z ichiga oladi.
lex.uz’dagi asl matn133-modda. Davolash-sog'lomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan mineral suvlar manbalarining sanitariya muhofazasi zonalarini belgilash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.