Suv kodeksi

138-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarida suvni va suv ob'yektlarini ifloslanishdan, bulg'alanishdan va kamayib ketishdan muhofaza qilishni ta'minlash

Suv ob'yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida va ularga tutash hududlarda suvni va suv ob'yektlarini ifloslanishdan, bulg'alanishdan va kamayib ketishdan muhofaza qilishni, shuningdek suvlarning holatini va ulardan foydalanish rejimini yaxshilashni ta'minlovchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan: sanoat suv ta'minotining suv aylanish tizimlarini, oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish inshootlarini qurishga qaratilgan texnologik chora-tadbirlar; iqtisodiyot tarmoqlarida oqova suvlar cho'kindilaridan foydalangan holda utilizatsiya qilish bo'yicha chora-tadbirlar; sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish ob'yektlarida tozalash hamda zararsizlantirish inshootlarining barqaror ishlashini ta'minlovchi texnologik jarayonlarni tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar; ifloslangan oqova suvlar hosil bo'lishini istisno etuvchi texnologik jarayonlarni tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar; suv ob'yektlari sohillarini mustahkamlash, ularni yuvilib ketishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish, shuningdek suv ob'yektlari suv oqimining tabiiy rejimini barqarorlashtirish va yaxshilashni ta'minlovchi o'rmon-melioratsiya hamda agrotexnik chora-tadbirlar; suvdan foydalanish uchun qulay sharoitlar mavjud bo'lishini ta'minlaydigan suv xo'jaligi inshootlari qurilishini, shuningdek zarur hollarda daryolar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari o'zanlarini, hovuzlar, ko'llar va suv omborlari tublarini balchiq va cho'kindilardan tozalashni nazarda tutuvchi irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlari; suv ob'yektlariga oqiziladigan oqova suvlarni yuqumsizlantirishni va zararsizlantirishni, shuningdek xo'jalik faoliyati uchun egallangan hududlarning sanitariya muhofazasini va obodonlashtirilishini ta'minlovchi sanitariya-texnik chora-tadbirlar; suvlarning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan korxonalarni, binolar va inshootlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan tashqariga ko'chirishni yoki ularni yopishni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar; atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatish uchun ifloslantiruvchi vositalardan foydalanmagan holda ko'kalamzorlashtirish uchun ko'chatlar va dov-daraxtlar ekishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar. Yangi qurilayotgan suv ob'yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari mazkur suv ob'yektlarini qurish qiymatiga kiritiladi. Mavjud suv ob'yektlarida suvni muhofaza qilish zonalari belgilanishi munosabati bilan hududning ifloslanishini bartaraf etish bo'yicha ishlab chiqiladigan texnologik va sanitariya-texnik chora-tadbirlar ushbu ifloslanishlarga aybdor bo'lgan tashkilotlarning, shuningdek fuqarolarning mablag'lari hisobidan bajariladi. Irrigatsiya-melioratsiya, agrotexnik va tashkiliy chora-tadbirlar tasarrufida suv ob'yektlari bo'lgan tegishli vazirliklar, va idoralarning, shuningdek boshqa tashkilotlarning mablag'lari hisobidan bajariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.