Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari, tog'-kon sanoati va geologiya organlari hamda boshqa vakolatli organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan o'tkaziladi.
Melioratsiya ob'yektlarini ta'mirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkaziladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko'ra aylanma suv ta'minotiga va chiqitsiz texnologiyaga o'tkazilishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalarining suv bilan to'xtovsiz ta'minlash tizimlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn142-modda. Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va tiklash loyihalarini kelishish hamda davlat ekspertizasidan o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.