Suv kodeksi

158-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik mexanizmlari

O'zbekiston Respublikasining suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi mexanizmlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: transchegaraviy ta'sir ko'rsatadigan yoki ko'rsatishi mumkin bo'lgan faoliyatni amalga oshirishda o'z hududidagi transchegaraviy suvlardan va suv ob'yektlaridan oqilona hamda adolatli foydalanishni ta'minlash; transchegaraviy suvlarning ifloslanishi boshqa davlatlarning transchegaraviy suv ob'yektlariga o'tishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ifloslanishga yo'l qo'ymaslik, uning oldini olish, uni cheklash choralarini ko'rish; transchegaraviy ta'sirning oldini olish, uni cheklash va kamaytirish uchun tegishli huquqiy, ma'muriy, iqtisodiy, moliyaviy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, birgalikda amalga oshirish; transchegaraviy ta'sirning oldini olish, uni cheklash va kamaytirish sohasida birgalikda ikki tomonlama hamda ko'p tomonlama tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish; O'zbekiston Respublikasining suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hamkorlik mexanizmlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.