Davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan suv xo'jaligi ob'yektlari davlat suv xo'jaligi ob'yektlaridir.
Davlat suv xo'jaligi ob'yektlari foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan davlat suv xo'jaligi ob'yektlari:
davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimga asosan xususiy sektor boshqaruviga berilishi;
kim oshdi savdosini o'tkazish orqali vertikal sug'orish quduqlari va ayrim kichik nasos stantsiyalari (suv chiqarish quvvati sekundiga 1 kub metrgacha) xususiy sektorga realizatsiya qilinishi mumkin.
Faqat bitta suvdan foydalanuvchiga (qishloq xo'jaligi yer uchastkasi ijarachisiga) xizmat ko'rsatadigan suv xo'jaligi ob'yektlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki viloyat hokimligining tegishli qarori bilan mazkur suvdan foydalanuvchiga operativ boshqaruv huquqi asosida tanho foydalanishga to'lovsiz beriladi.
Ikki va undan ortiq suvdan foydalanuvchilarga (qishloq xo'jaligi yer uchastkalari ijarachilariga) xizmat ko'rsatadigan suv xo'jaligi ob'yektlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga operativ boshqaruv huquqi asosida tanho foydalanishga to'lovsiz beriladi.
Foydalanishga berilgan suv xo'jaligi ob'yektlarini saqlash tegishligiga ko'ra suvdan foydalanuvchilarning va suv yetkazib beruvchi tashkilotlarning mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanuvchilarning o'z mablag'lari hisobidan qurilgan suv xo'jaligi ob'yektlari xususiy mulk hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn17-modda. Suv xo'jaligi ob'yektlarini boshqarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.