O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
suvdan va suv ob'yektlaridan kompleks hamda oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
suvni va suv ob'yektlarini oqilona boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha choralar ko'rish;
suvdan va suv ob'yektlaridan kompleks hamda oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta'sirining oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida vazirliklarning, idoralarning, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Respublika suv kengashining faoliyatini tashkil etish;
suv fondini tashkil etish va undan foydalanish, suvdan foydalanish normalarini, suv olish kvotalarini va suv olish limitlarini tasdiqlash tartibini belgilash;
suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini ta'minlash, davlat suv kadastrini hamda suv monitoringini yuritish;
yirik avariyalarning, falokatlarning, ekologik inqirozlarning va suvlarning zararli ta'sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash hamda suv ob'yektlarini bulg'atganlik, ifloslantirganlik va quritib qo'yganlik uchun kompensatsiya to'lovlari tartibini belgilash;
suv xo'jaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish yo'nalishlarini belgilash;
suv xo'jaligi sohasini rivojlantirishga, suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona va samarali foydalanishga, suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qarorlar va dasturlar qabul qilish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tartibini tasdiqlash.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn19-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.