O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yer osti suvlarining resurslari va zaxiralarini aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, ulardan oqilona foydalanish, ularni ifloslanishdan va kamayib ketishdan muhofaza qilish bo'yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer osti suvlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer osti suvlarining davlat zaxiralari balansi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri, yer osti chuchuk suvlari konlari hosil bo'ladigan zonalar to'g'risidagi axborotni tuzish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer osti suvlarining davlat monitoringini yuritish;
yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishi ustidan o'z vakolatlari doirasida nazorat va hisobni amalga oshirish;
yer osti suvlarining ifloslanishi manbalari monitoringini yuritish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yer osti suvlaridan kompleks foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqish;
yer osti suvlarini chiqarish uchun quduqlarni burg'ilash faoliyatiga va suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomalar berish;
yer osti suvlarining holati to'g'risida gidrogeologik xulosa berish;
yer osti suvlaridan samarali foydalanish, ularning aniq hisobini yuritish va ularni muhofaza qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish;
yer osti suvlarining holatiga ta'sir ko'rsatadigan korxonalar, inshootlar va boshqa ob'yektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, ta'mirlanishi hamda foydalanishga topshirilishida o'z vakolatlari doirasida ishtirok etish va buni kelishish;
Respublika suv kengashining faoliyatida ishtirok etish, yer osti suvlari, ulardan foydalanish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari yuzasidan takliflar kiritish.
O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn22-modda. O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.