Suv kodeksi

24-modda. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining (bundan buyon matnda Gidrometeorologiya xizmati agentligi deb yuritiladi) suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash; tegishliligi bo'yicha gidrologik postlarda yer usti suvlarining monitoringini yuritish; manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, tashkilotlar va fuqarolarni haqiqiy hamda kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim o'zgarishlari, suvning va suv ob'yektlarining, tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi haqidagi axborot bilan, shuningdek suv omillari bilan bog'liq bo'lgan xavfli va (yoki) tabiiy gidrometeorologik hodisalar to'g'risidagi tezkor axborot bilan ta'minlash; suv muhiti ifloslanishi to'g'risidagi ma'lumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish, davlat suv kadastrining «Yer usti suvlari» bo'limini yuritish; suv omillari va yer usti suvlarining ifloslanishi bilan bog'liq bo'lgan tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni amalga oshirish; iqlim o'zgarishi sharoitlarida daryolarning suvliligini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognoz qilish tizimini yaxshilashga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; gidrometeorologiya sohasida davlatlararo va xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda o'z vakolatlari doirasida ishtirok etish; Respublika suv kengashining faoliyatida ishtirok etish, mavjud suv resurslari va ularning prognozlari, suv kadastrini yuritish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari to'g'risida kengashga takliflar kiritish. Gidrometeorologiya xizmati agentligining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.