Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza (yoki hududiy) rejalari O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining tegishli bo'linmalari tomonidan boshqa manfaatdor taraflar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tegishli havza (yoki hududiy) suv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza (yoki hududiy) rejalari har o'n yillik davr uchun tuziladi va tegishli havza (yoki hududiy) suv kengashlari tomonidan har uch yilda qayta ko'rib chiqiladi (tuzatiladi).
Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza (yoki hududiy) rejalarini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi, boshqa vakolatli organlar va suvdan foydalanuvchilar mas'uldir.
lex.uz’dagi asl matn30-modda. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza (yoki hududiy) rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.