Suv kodeksi

34-modda. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni davlat tomonidan normalashtirish

Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni normalashtirishda quyidagilar nazarda tutiladi: tabiiy aylanmada suvning zarur miqdorini saqlash, uning normativ tozaligini ta'minlash, suv florasi va faunasini saqlash, suv havzalarining ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, ularda ekologik muvozanatni saqlash va landshaftning tarkibiy qismi sifatida suv havzasiga zarar yetkazilishiga yo'l qo'ymaslik shartlarini hisobga olgan holda suv olishning, oqova va kollektor-drenaj suvlarini oqizishning normativ ko'rsatkichlarini belgilash; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida standartlashtirish, sertifikatlash hamda normativlarga mos keladigan metrologik jihatdan ta'minlash; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida boshqa normativlar (ekologik cheklovlar, suv sifati va boshqalar) va qoidalarni belgilash. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni normalashtirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan suv to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni normalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ekologik xavfsizlikni suvdan va suv ob'yektlaridan hamda ular bilan bog'liq suvga doir va boshqa ekotizimlardan foydalanishga oid qismida ta'minlash; yer usti va yer osti suvlarini qaytarmasdan olishning yo'l qo'yiladigan cheklangan hajmi oshirilishiga yo'l qo'ymaslik; suvni va suv ob'yektlarini ekologik normativlarga (atrof-muhit sifati, unga bo'lgan zararli ta'sirning yo'l qo'yiladigan chegaralari, suv, muhofaza, sanitariya hamda boshqa zonalaridan foydalanish va boshqalar) muvofiq saqlash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.