Suv kodeksi

37-modda. Metrologik normalashtirish

Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi metrologik normalashtirish metrologik ta'minlash talablarini belgilaydigan normalar hamda qoidalar ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida foydalaniladigan o'lchash vositalari va o'lchovlarni bajarish uslubiyatlari metrologiya to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida foydalaniladigan o'lchash vositalari natijalarni belgilangan aniqlik ko'rsatkichlari bilan ta'minlashi kerak. Belgilangan metrologiya talablariga muvofiq bo'lmagan hamda belgilangan tartibda o'lchovlarni bajarish uslubiyatlari bilan attestatsiyadan o'tkazilmagan o'lchash vositalaridan foydalangan holda olingan, suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi o'lchash natijalari ishonchsiz hisoblanadi hamda bekor qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.