Suv olish kvotasining amal qilish muddati:
suvni qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida oladigan va yer uchastkasini ijara shartnomasi asosida tasarruf etadigan suvdan foydalanuvchilar uchun — ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga, ammo 10 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;
suvni qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish bilan bog'liq bo'lmagan maqsadlarda oladigan suvdan foydalanuvchilar uchun — 10 yilgacha bo'lgan muddatga;
ichimlik suvi ta'minoti tashkilotlaridan tashqari, suvni suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnoma asosida oluvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun — maxsus suvdan foydalanish ruxsatnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar belgilanadi.
Ichimlik suvi ta'minoti tashkilotlariga suv olish kvotasining amal qilish muddati cheklanmaydi.
Suv olish kvotalarini ajratishda sanitariya va ekologik maqsadlar uchun suvni chiqarib yuborish bo'yicha talablarga rioya etilishi inobatga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn64-modda. Suv olish kvotasining amal qilish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.