Suvdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
suv ob'yektlaridan ular qanday maqsadda berilgan bo'lsa, o'sha maqsadlarda foydalanish;
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlarni, qurilmalarni hamda boshqa ob'yektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish;
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
suv resurslarini boshqarishga doir qarorlar qabul qilinishida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish;
suv manbasining taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o'zgartirish bo'yicha takliflar kiritish;
o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlariga va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqi buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish;
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini va boshqa birlashmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish.
Suvdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn72-modda. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.