Suv kodeksi

78-modda. Suv ob'yektlaridan foydalanishni, suv berishni o'zboshimchalik bilan tartibga solishni hamda o'zboshimchalik bilan suv olishni taqiqlash

Alohida davlat ahamiyatiga yoxud alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega bo'lgan suv ob'yektlaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda qisman yoki batamom taqiqlanishi mumkin. Suvdan foydalanuvchilarning suv yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan kelishilmagan holda, suv uzatilishini ko'paytirish yoki kamaytirish maqsadida suv ob'yektlaridagi gidrotexnika inshootlarini o'zboshimchalik bilan o'zgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat to'siqlarni, nasos stantsiyalarini, nasoslarni, suvni ko'taradigan va suv oladigan boshqa inshootlarni o'rnatishi taqiqlanadi. O'zboshimchalik bilan suv olish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.