Suv kodeksi

84-modda. Suv omborlaridan foydalanish

Suv omborlarini suvga to'ldirish va ulardan suv chiqarish rejimi, suv sathining o'zgarish rejimi, gidrotexnika inshootlari orqali suvning o'tish rejimi, kemalarning moneliksiz va xavfsiz o'tishi, shuningdek baliqlarning urug' tashlaydigan joylarga o'ta olishini ta'minlash suv omborlaridan foydalanish qoidalari bilan belgilanadi. Suv omborlaridagi to'g'onlar, dambalardan, suv o'tkazadigan va suv oladigan inshootlardan, gidroenergetika majmualaridan hamda boshqa inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar foydalanish qoidalari hamda suv omborlarining ta'sir zonalarida joylashgan suvdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari mulkdorlarining, yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari, shuningdek ekologik maqsadlar hisobga olingan holda belgilangan suv omborlarini suvga to'ldirish va ulardan suv chiqarish rejimiga rioya etishi, shu jumladan suvni ekologik maqsadlarda chiqarib yuborish rejimiga rioya etishi shart. Suv omborlaridan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan har bir suv ombori uchun tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.