Suv kodeksi

93-modda. Suvdan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish

Suvdan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish suvdan maxsus foydalanish shartlari asosida suv olish kvotalari va suv olish limitlari bo'yicha suvdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sug'orish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining organlari bilan kelishuvga ko'ra ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlarining ruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tuproq unumdorligiga va yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlariga zararli ta'sir ko'rsatadigan suvlarni qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish uchun berish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.