Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)

4-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 4-band

Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan, belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazilgan transport vositalari majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek, ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga hamda ularning oila a'zolariga tegishli bo'lgan transport vositalari ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazishga ariza yuborish uchun O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda — YaIDXP) yoki DYHXX dasturiy ta'minoti (mobil ilova) orqali murojaat etishlari mumkin. YaIDXP yoki DYHXXning dasturiy ta'minoti (mobil ilova) orqali shakllantirilgan murojaat O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining «Texnik ko'rik» moduli (keyingi o'rinlarda — «Texnik ko'rik» moduli) orqali tadbirkorlik sub'yektlariga onlayn rejimida yuboriladi. Texnik ko'rikdan o'tkazish joyi va vaqti haqida jismoniy va yuridik shaxslarga onlayn rejimda xabar yuboriladi. Texnik ko'rikdan o'tkazilgan transport vositalari to'g'risidagi ma'lumotlar mazkur Nizom asosida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining «Texnik ko'rik» moduliga kiritib boriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.