Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)

9-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 9-band

Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorda yig'im undiriladi. Birinchi (oldingi) texnik ko'rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko'rikdan o'tkazilganlik uchun yig'im undiriladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga ko'ra avtotransport vositasi oldindan to'lovlarni amalga oshirmasdan ko'rikdan o'tkaziladi va belgilangan to'lovning o'rni sud boshqaruvchisi tomonidan «To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda to'lanadi. Texnik ko'rik o'tkazilganligi uchun yig'im summasi tegishli mahalliy byudjetga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.