Ishlab chiqarish-texnika bazasi xonasining mijozlar uchun qulay bo'lgan joyida quyidagi ma'lumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma o'rnatiladi:
ishlab chiqarish-texnika bazasining tegishliligi, joylashgan yeri, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va e'tirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun mas'ul bo'lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari to'g'risidagi hujjatni berish tartibi;
transport vositasini texnik ko'rikdan o'tkazish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko'rsatilishi zarur bo'lgan hujjatlar, majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish uchun to'lov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matnTransport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)
I2-24-band. 3-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining xonalariga doir talablar — I2-24-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.