Texnik ko'rik liniyalarida transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish xandag'idan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
ishlab chiqarish xonasidagi ko'rikdan o'tkazish xandaqlari soni texnik ko'rikdan o'tkazish liniyalari soniga muvofiq bo'lishi;
ko'rikdan o'tkazish xandag'ining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yo'lning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
ko'rikdan o'tkazish xandag'ining kengligi 0,9 metrdan, chuqurligi 1,6 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan o'tish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
ko'rikdan o'tkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnTransport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)
I2-34-band. 4-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar — I2-34-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.