Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati ichida:
undiruv so'zsiz (aktseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar bo'yicha undiruvga yo'l qo'yilmaydi;
pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanktsiyalar hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) to'lanishi lozim bo'lgan foizlar mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha kreditorlar talablarining summasiga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan e'tiboran va sud tomonidan shu navbat talablari bo'yicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini to'lash bilan bir vaqtda to'lanishi lozim.
Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 119-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash haqidagi talablariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlarga hamda yig'imlarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq to'lashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo'lsa, ana shu fuqaroning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorning iltimosnomasiga asosan sud qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida mazkur kreditorning foydasiga qaysi pul majburiyatlari bo'yicha mol-mulk berilgan bo'lsa, o'sha pul majburiyatlarini moratoriyning ta'sir doirasidan chiqarish to'g'risida, agar mol-mulk tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun zarur bo'lmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
Talablari qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan kreditorning iltimosnomasiga asosan quyidagi hollarda sud mazkur mol-mulkni moratoriyning ta'sir doirasidan chiqarish to'g'risida ajrim chiqarishi mumkin, agar:
qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan kreditorning yoki kreditorlarning talablari miqdori garov narsasi qiymatidan oshib ketgan bo'lsa;
garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatini pasayib ketishdan himoya qilish mavjud bo'lmasa;
tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan talablarga daxl qilmasa;
garovga qo'yilgan mol-mulkni tez buziladigan mahsulot sifatida saqlab qolish uchun choralar ko'rish talab etilsa;
sud sanatsiyasining rejasi yoki tashqi boshqaruv rejasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
110-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Moratoriy — bu qarzdor bankrotlik jarayonida bo'lgan vaqtda uning qarzlarini to'lashni vaqtincha to'xtatish. Kreditorlar (pul berganlar) bu vaqtda qarzdordan pul tala olmaydi, jarima yoki boshqa jarimalar hisoblanmaydi. Lekin ish haqi, oziq-ovqat to'lovi va muallif huquqlari uchun moratoriy qo'llanilmaydi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida bankrotlik jarayonida bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Savdogar Alisher 500 million so'm qarz oldi, lekin to'la olmadi. Bankrotlik jarayoni boshlandi. Moratoriy vaqtida kreditorlar unga pul tala olmaydi, lekin Alisher o'z ishchisiga ish haqi to'lashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.