Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud bo'lmasa, sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e'tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to'g'risida sud ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to'g'risidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
112-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.