«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

124-modda. Tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish

Kreditorlarning yig'ilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilgan va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati belgilangan dastlabki muddatdan ortiq bo'lgan taqdirda, agar tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning to'lov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo'lsa, sud tashqi boshqaruvning tartib-taomili muddatini uzaytirish haqida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muddat ushbu Qonunning 108-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.