«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

13-modda. Bir turdagi kreditorlar guruhlari

Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta'minlangan majburiyatlari bo'yicha kreditorlar; ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta'minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek majburiy sug'urta va bank kreditlarini sug'urta qilish shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar bo'yicha kreditorlar; uchinchi guruh — soliqlar va yig'imlar bo'yicha kreditorlar; to'rtinchi guruh — mehnat shartnomalariga ko'ra mehnatga haq to'lash va kompensatsiyalar to'lash bo'yicha, alimentlar undirish to'g'risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag'larini o'tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to'lash bo'yicha, qarzdorning mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiyatlarining teng darajada bajarilishini ta'minlovchi to'lovlar va talablar, shuningdek fuqarolarning jinoiy yoki ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida o'z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashga doir talablari bo'yicha kreditorlar; beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar bo'yicha qarzdorning aktsiyalari egalari. Kreditorlar yig'ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalarni ko'rib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega. Kreditorlar yig'ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining to'rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalarni ko'rib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega. Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi bo'lsa, kreditorlar yig'ilishida ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.