Sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq to'lash bilan bog'liq xarajatlar, joriy kommunal va foydalanish to'lovlari, qarzdorning mol-mulkini sug'urta qilish xarajatlari, shuningdek qarzdorning to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilganidan keyin yuzaga kelgan joriy to'lov majburiyatlari bo'yicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo'lsa, shu fuqaroning talablari navbatdan tashqari qanoatlantiriladi, bundan ushbu Qonun 154-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar mustasno.
Ish haqi to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi to'lov (ijro) hujjatlari bo'yicha, alimentlar undirish to'g'risidagi talablarni qanoatlantirish uchun qarzdorning yagona hisobvarag'idan pul mablag'larini o'tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha, mualliflik shartnomalariga ko'ra haq to'lash bo'yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to'lovlar hamda talablar bo'yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta'minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida o'z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashga doir talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha, majburiy sug'urta bo'yicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sug'urtasi bo'yicha talablar, shuningdek kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarining garovga qo'yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo'lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi hamda kreditorlarning garov bilan ta'minlanmagan talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Aktsiyalar egalarining hisoblangan dividendlar bo'yicha talablari uchinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Qolgan barcha talablar to'rtinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Har qaysi keyingi navbat bo'yicha talablar oldingi navbat talablari to'la qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini to'la qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim bo'lgan summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Oxirgi to'lov amalga oshirilganligi to'g'risida ommaviy axborot vositalarida maxsus xabar e'lon qilinadi.
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyingi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritish xarajatlari to'langanidan keyingi qoldig'ini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi, bundan ushbu Qonunning 159-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
150-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.