Ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan xarajatlarning o'rnini qoplashga va talablarni qanoatlantirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.
Sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi:
kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;
kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;
uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda;
kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid bo'lganda.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi to'g'risida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
167-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni sud tomonidan rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.