Qishloq xo'jaligi korxonasida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari yetishtirilgan tovar qishloq xo'jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xo'jaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar bo'lgan muddatga joriy etiladi. Bunda kuzatuv tartib-taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari muddati esa ushbu Qonun 108-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatdan oshishi mumkin emas.
Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlari tufayli qishloq xo'jaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir bo'lgan bo'lsa, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati o'n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu Qonunning 103-moddasi talablariga muvofiq sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish faqat qishloq xo'jaligi ishlarining tegishli davri tugaydigan muddatni hamda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur bo'lgan vaqtni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan qishloq xo'jaligi korxonasiga nisbatan joriy etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
178-modda. Qishloq xo'jaligi korxonalarida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.