«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

18-modda. Kreditorlarning talablari reyestri

Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi. Kreditorlarning talablari hisobi kreditorlar talablari reyestrida O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor o'rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs bo'yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlar yuzasidan kreditor talablarining aniqlangan miqdori, uning har bir talabining qanoatlantirish navbati to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi. Kreditor talablari bayon etilgan arizada o'zi haqidagi ma'lumotlarni, shu jumladan firmaning to'liq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), elektron pochta manzilini (mavjud bo'lgan taqdirda), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek bank rekvizitlarini (mavjud bo'lgan taqdirda) ko'rsatishi shart. Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs o'zi xususidagi ma'lumotlar o'zgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan o'z talablarining miqdori va tarkibi o'zgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisini bir haftalik muddat ichida xabardor qilishi kerak. Bunday ma'lumotlar taqdim etilmagan yoki o'z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shu munosabat bilan yetkazilgan zarar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar bo'lmaydi. Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati ta'minlanishi kerak. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qanoatlantirilishining miqdori, tarkibi va navbati to'g'risida bunday talab olingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida kreditorlarning talablari reyestridan ko'chirma yuborishi shart. Bunday ko'chirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditorning zimmasiga yuklatiladi. Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.