«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

183-modda. Sug'urtalovchining mulkiy majmuasini sotish

Sug'urtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida ushbu Qonunning 126-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Faqat sug'urta tashkiloti qarzdor sug'urtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi bo'lishi mumkin. Sug'urtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida sotilgan taqdirda sug'urtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sug'urta hodisasi yuzaga kelmagan sug'urta shartnomalari bo'yicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga o'tadi. Tugatishga doir ish yuritish o'tkazilayotganida sug'urtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sug'urtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sug'urta hodisasi yuzaga kelmagan sug'urta shartnomalarini o'z zimmasiga olishga rozi bo'lganda sotilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.