«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

191-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilish ishtirokchilariga yetkazilgan zararlarni aniqlash

Ulushdorning pul talablari miqdorini belgilashda quruvchining turar-joy binolarini topshirish bo'yicha majburiyatni buzishi natijasida yetkazilgan haqiqiy zarar ko'rinishidagi yo'qotishlar miqdori, quruvchining ulushdorga topshirishi kerak bo'lgan turar-joy binosining (quruvchiga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan sana bo'yicha aniqlangan) qiymati va qurilish shartnomasiga asosan ulushdorlar tomonidan to'langan pul summasi o'rtasidagi farq shaklida hisobga olinadi. Turar-joy binolarini topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma bo'yicha to'langan pul miqdori ulushdorga berilishi kerak bo'lgan turar-joy binosining qiymatidan oshib ketishi (quruvchiga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan sana bo'yicha aniqlanadi) ulushdorning pul talablari miqdorini o'zgartirishga olib kelishi mumkin emas. Agar ulushdor tomonidan turar-joy qiymatini to'lash majburiyati to'liq bajarilmagan bo'lsa, aniqlangan haqiqiy zarar miqdori majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.