«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

197-modda. Qarzdor jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza

Ushbu Qonun 9-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, agar jismoniy shaxs barcha majburiyatlarining umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, bunday holat yuzaga kelgan kundan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay jismoniy shaxs o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi kerak. Jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza ushbu Qonun 195-moddasida nazarda tutilgan to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lgan taqdirda sudga berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.