«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

20-modda. Kreditorlar qo'mitasini saylash

Kreditorlar qo'mitasining a'zolari kreditorlar yig'ilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillari va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yig'ilishining qaroriga binoan kreditorlar qo'mitasi barcha a'zolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir vaqtning o'zida kreditorlar qo'mitasining barcha a'zolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin. Eng ko'p ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qo'mitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi. Kreditorlar qo'mitasining a'zolari o'z tarkibidan kreditorlar qo'mitasining raisini saylashi mumkin. Agar kreditorlar qo'mitasida a'zolar besh kishidan ortiq bo'lsa, kreditorlar qo'mitasi raisi majburiy tarzda saylanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.