Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatadi:
rejada va unga ilova qilingan hujjatlarda noto'g'ri ma'lumotlar mavjud bo'lganda;
agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning shikoyatlari (arizalari) mavjud bo'lsa, jismoniy shaxsning kreditorlarni mulkiy holatining muhim o'zgarishlari to'g'risida xabardor qilishga doir majburiyati rejada belgilangan tartibda bajarilmaganda;
kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi rejaga kiritilgan majburiyatlar jismoniy shaxs tomonidan bajarilmaganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kreditor yoki tegishli vakolatli organ jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish to'g'risida sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasiga ushbu arizaning ko'chirma nusxalari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasi mazkur ariza olingan sanadan e'tiboran o'n kunlik muddat ichida sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish to'g'risidagi shikoyatini (arizasini) ko'rib chiqish chog'ida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasining shartlariga muvofiq jismoniy shaxs o'zining kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi aniqlansa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash haqida qaror qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
217-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.