Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin moliyaviy boshqaruvchi sudga jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijalari to'g'risidagi hisobotni, jismoniy shaxsning mol-mulki sotilganligini va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalarini, shuningdek kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari miqdorini ko'rsatgan holda kreditorlarning talablari reyestrini taqdim etishi shart.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish yakunlari haqidagi hisobotni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra sud jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to'g'risida ajrim chiqaradi.
Jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablarini, shu jumladan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etilayotganda kreditorlarning bildirilmagan talablarini bajarish majburiyatidan ozod etiladi (bundan buyon matnda jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish deb yuritiladi).
Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlarga, shuningdek jismoniy shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganligi haqida xabardor bo'lmagan yoki xabardor bo'lishi mumkin bo'lmagan kreditorlarning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etishga quyidagi hollarda yo'l qo'yilmaydi, agar:
to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda jismoniy shaxsning g'ayriqonuniy harakatlari oqibatida qasddan to'lovga qobiliyatsizlikni vujudga keltirganligi yoki to'lovga qobiliyatsizlikni yashirganligi uchun ushbu shaxsni jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati mavjud bo'lsa;
jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligini ko'rib chiqayotgan sudga jismoniy shaxs zarur ma'lumotlarni taqdim etmaganligi yoki bila turib soxta ma'lumotlar taqdim etganligi dalillari aniqlangan va bu dalillar jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish chog'ida qabul qilingan tegishli sud hujjati bilan tasdiqlangan bo'lsa;
kreditorning yoki tegishli vakolatli organning talablari yuzaga kelgan yoki bajarilayotgan davrda qarzdor jismoniy shaxsning qonunga xilof harakatlari, shu jumladan firibgarlik, qarzlarni to'lashdan asossiz ravishda bo'yin tovlash, soliqlar va yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash, shuningdek kredit olayotganda kreditorga bila turib soxta ma'lumotlar taqdim etish, mol-mulkni yashirish yoki qasddan yo'q qilish isbotlangan bo'lsa.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda sud jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to'g'risidagi ajrimda jismoniy shaxsga nisbatan majburiyatlarni bajarishdan ozod etish haqidagi qoida qo'llanilmasligini ko'rsatadi, agar ushbu hollar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish tamomlanganidan keyin aniqlangan bo'lsa, sud qarzdor jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qo'llanilmasligi to'g'risida ajrim chiqaradi.
Kreditorlarning joriy to'lovlarga doir, hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi talablari, mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish to'g'risidagi talablar, shuningdek kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan (shu jumladan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda berilmagan) da'volar o'z kuchida qoladi hamda ularning qanoatlantirilmagan qismi bo'yicha jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish tamomlanganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili tamomlanganidan keyin sud kreditorlarning ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan qanoatlantirilmagan talablariga qonunchilikda belgilangan tartibda ijro varaqasini beradi.
Ushbu modda beshinchi qismining qoidalari:
jismoniy shaxsni subsidiar javobgarlikka tortilgan mas'ul shaxs sifatida jalb etish to'g'risidagi;
jismoniy shaxs tomonidan uning kollegial organlarining ishtirokchisi yoki a'zosi bo'lgan yuridik shaxsga qasddan yoki beparvolik oqibatida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash haqidagi;
jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar moliyaviy boshqaruvchi tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qasddan, beparvolik oqibatida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash haqidagi;
jismoniy shaxs tomonidan o'zganing mol-mulkiga qasddan yoki beparvolik oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi;
ushbu Qonun talablariga muvofiq haqiqiy emas deb topilgan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash haqidagi talablarga nisbatan ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
222-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tamomlash va jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bankrotlik jarayoni tugagach, jismoniy shaxs o'z qarzlaridan ozod etiladi. Bu shuni anglatadiki, agar uning mol-mulki sotilgandan keyin ham qarzlar to'liq to'lanmasa, qolgan qarzlarni to'lashga majbur emas. Ammo ba'zi qarzlar (oziq-ovqat ta'minoti, mehnat haqqi, zararni qoplash) shunga ham o'z kuchida qoladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida jismoniy shaxsga (oddiy odamga) tegishli bo'lib, u bankrotlik jarayonidan o'tgan bo'lsa qo'llaniladi.
**Amalda**
Alisher 500 million so'mlik qarz bilan bankrot bo'ldi. Uning mol-mulki sotilgandan keyin faqat 200 million so'm to'landi. Sud Alisherni qolgan 300 million so'mdan ozod etadi, lekin bolasiga oziq-ovqat ta'minoti haqidagi qarzni to'lashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.