«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

224-modda. Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni tamomlash oqibatlari

Jismoniy shaxsga nisbatan mol-mulkni sotish tartib-taomili tamomlangan yoki to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritish tugatilgan sanadan e'tiboran besh yil ichida ushbu shaxs o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganligi haqidagi faktni ma'lum qilmasdan turib o'z zimmasiga kredit shartnomalari va (yoki) qarz shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni qabul qilishga haqli emas. Jismoniy shaxsga nisbatan mol-mulkni sotish tartib-taomili tamomlangan yoki to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish tugatilgan sanadan e'tiboran besh yil ichida ushbu jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko'ra to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilishi mumkin emas. Besh yil davomida jismoniy shaxs kreditorning yoki tegishli vakolatli organning arizasi asosida takroran to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan taqdirda, jismoniy shaxsga nisbatan ushbu Qonun 222-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish to'g'risidagi qoida qo'llanilmaydi. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili tamomlanganidan keyin sud to'lov muddati yetib kelgan, to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan talablar bo'yicha ijro varaqasini qonunchilikda belgilangan tartibda beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.