Sud boshqaruvchisi:
kreditorlar yig'ilishini chaqirishga;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qo'mitasi chaqirilishini talab qilishga;
oldindan davlat boji to'lamay turib, da'vo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga;
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga;
boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag'lari hisobidan haq to'lagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, shartnoma asosida jalb etishga;
davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlardan oldindan haq to'lamasdan foydalanishga;
qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul o'tkazmalari to'g'risida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga;
qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati to'g'risidagi axborotni so'rab olishga;
o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, byudjetdan tashqari jamg'armalardan, ko'chmas mulkka oid hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk to'g'risida zarur axborotga ega bo'lgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga;
o'z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to'g'risida sudga ariza berishga haqli.
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar ko'rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirishi va yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni kreditorning talabiga ko'ra o'n kunlik muddatda taqdim etishi;
soxta to'lovga qobiliyatsizlik, to'lovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va choralar ko'rishi hamda bunday alomatlar aniqlanganligi haqida kreditorlar yig'ilishiga, sudga, vakolatli davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
qarzdor jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
qarzdor jismoniy shaxs tomonidan kreditorlarning talablari to'la hajmda qanoatlantirilishi uchun mablag'larning o'z vaqtida to'liq to'lanishini nazorat qilishi;
sud hujjatlari bilan o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o'tkazayotganda qarzdorning va kreditorlarning manfaatlarini ko'zlab oqilona ish yuritishi shart.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo'lsa, mazkur zarar sud boshqaruvchisidan sud tartibida undirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
23-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
(23-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.