Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o'z mol-mulkini boshqa shaxsga o'tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqacha usulda berish bilan bog'liq bitimlari o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Kreditorning talabiga ko'ra sud o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydigan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bitim predmeti bo'lgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qo'llaydi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
231-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bitimlarining haqiqiy emasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.