Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili tamomlanganda qarzdor to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
kreditorlarning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi talablari;
alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar;
sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to'g'risidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan talablar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda bildirilmagan talablar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa talablar.
Bajarilishdan ozod etilmagan talablar o'z kuchini saqlab qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomili tamomlanganidan keyin tegishincha to'liq hajmda yoki ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
237-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod etish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Yakka tadbirkor (individual entrepreneur) bankrot bo'lsa, uning ko'p qarzlari bekor qilinadi. Lekin ba'zi qarzlar hech qachon bekor qilinmaydi — masalan, bola parvarishi puli, odam sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun pul. Bu qarzlar tadbirkorni umri bo'yi kuzatib turadi.
Kimga tegishli
Bu qoida yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankrotlik jarayonida qo'llaniladi.
Amalda
Akmal tadbirkor bo'lib, 500 million so'm qarz qildi. Bankrotlik tugagach, 400 million so'm qarz bekor qilinadi. Lekin uning bola parvarishi qarzlari (50 million) va odam sog'lig'iga yetkazilgan zarar (50 million) qoladi — bu pul to'lashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.