Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarning kasbiy darajasini yuksaltirishi va saqlab turishi, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko'maklashishi kerak.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari:
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
davlat hokimiyati organlaridan va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan o'z vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan axborotni so'rab oladi;
ushbu Qonunda belgilangan tartibda sud boshqaruvchisi lavozimiga nomzodni sudga taqdim etadi;
sud boshqaruvchilarining kasbga oid odob qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholashni, ular tomonidan qonunchilikka, kasbga oid odob qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarni vakolatli davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o'tkazishda ishtirok etadi;
o'z a'zolari faoliyatini o'rganadi va tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
24-modda. Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari
(24-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari — bu sud boshqaruvchilarni o'z ixtiyori bilan birlashtiruvchi xususiy tashkilotlar. Ular sud boshqaruvchilarning kasbiy malakasini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish va kasbiy odob qoidalarini belgilash bilan shug'ullanadi.
**Kimga tegishli**
Bu birlashmalar sud boshqaruvchilariga tegishli bo'lib, ular o'zlarining kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy ravishda qo'shilishlari mumkin.
**Amalda**
Sud boshqaruvchilari o'z kasbiy huquqlarini himoya qilish yoki malakasini oshirish uchun jamoat birlashmasiga a'zo bo'lishlari mumkin. Masalan, birlashma sud boshqaruvchilarning kasbga oid odob qoidalarini ishlab chiqadi va ularning faoliyatini reyting asosida baholaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.