To'lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan g'ayriqonuniy harakatlar deganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlarning yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bog'liq qoidabuzarliklar tushuniladi.
G'ayriqonuniy harakatlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
qarzdorning xo'jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yo'q qilish, buzib ko'rsatish, soxtalashtirish;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablag'larini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvni kiritmaslik;
qarzdorning kreditga olingan va haqi to'lanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yo'q qilish, garov sifatida kiritish;
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko'zlab qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligini oshirish;
aylanma mablag'larni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadida qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelish;
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar ko'rishi hisobiga afzalroq qanoatlantirish, shunday qanoatlantirishga rozilik berish;
qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlarini bajarishdan qochish maqsadida qasddan o'zini o'zi tugatish.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
243-modda. To'lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan g'ayriqonuniy harakatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.