Qarzdor yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo'llaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo'llaniladi:
qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish;
bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
30-modda. To'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.