«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

43-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Kreditorning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasiga O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek qarzi mavjudligini va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar, to'lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilida hamda jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishda sud boshqaruvchisiga haq to'lash xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga vakilning arizani imzolashga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi. Kreditorning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasiga quyidagilar ham, agar mavjud bo'lsa, ilova qilinadi: kreditorning qarzdorga nisbatan talablarini ko'rib chiqqan sudning qarori; ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan aktseptlangan to'lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.