Sud tomonidan kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to'g'risida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki o'zgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi. Ommaviy axborot vositalarining ro'yxati, davriyligi va mazkur ma'lumotlarni e'lon qilish muddati, ko'rsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan e'tiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan e'lonni yuboradi.
E'lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar ular olingan kundan e'tiboran uch kun ichida e'lon qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotlarni e'lon qilish bilan bog'liq xarajatlarning o'rnini qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yig'ilishining yoxud kreditorlar qo'mitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdorning pul mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablag'lari mavjud bo'lmasa, bunday ma'lumotlarni e'lon qilish haqini to'lash to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi, bu mablag'larning o'rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda e'lon qilish xarajatlarining o'rnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud bo'lmasa, xarajatlarning o'rnini qoplash qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma'lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e'lon qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
53-modda. Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud bankrotlik ishlarida qabul qilgan qarorlar (sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, qarzdorni bankrot deb topish) haqida ma'lumotlar gazetalar va boshqa ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi kerak. Bu e'lonlar sud qarorini qabul qilgan kundan boshlab uch kun ichida chiqariladi.
**Kimga tegishli**
Ushbu qoida bankrotlik ishlarida ishtirok etuvchi sud, qarzdor, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga tegishli.
**Amalda**
Agar kompaniya to'lovga qobiliyatsiz bo'lib, sud uni bankrot deb topsa, sud boshqaruvchisi uch kun ichida bu haqida e'lonni gazetaga yuboradi. E'lon chiqarish xarajatlari odatda kompaniyaning puli hisobidan to'lanadi, agar pul bo'lmasa, ariza bergan kreditor to'laydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.