Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to'g'risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganda;
sud to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bo'yicha qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qanoatlantirilganda;
soxta to'lovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to'g'risidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud bo'lgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga ko'ra to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat o'ttiz kundan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
55-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to'g'risidagi qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.