Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish jarayonida kelishuv bitimi tuzilishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan kelishuv bitimini bajarish uchun yetarli miqdordagi mol-mulk to'g'risida ma'lumotlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Kelishuv bitimi faqat subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida ariza bergan shaxs hamda subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs o'rtasida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi shartlari (shu jumladan kompensatsiya berish, talablarni ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, aktsiyalarga, obligatsiyalarga yoki boshqa qimmatli qog'ozlarga aylantirilgan aktsiyalarga, innovatsion g'oyalar va boshqalarga almashish) subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida ariza bergan shaxslarning bir ovozdan ma'qullashi asosida tuziladi.
Kelishuv bitimi shartlari belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, kreditor subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqqan sudga qarzni undirish uchun ijro varaqasini olish maqsadida murojaat etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
77-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishda kelishuv bitimini tuzishning va tasdiqlashning o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.