«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

8-modda. Qarzdorning sudga murojaat etishi asoslari

Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo'lganda qarzdor to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, qarzdor yuridik shaxs o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining qarori yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.