Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki vakolatli davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
Sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to'g'risidagi ajrimida unga to'lanadigan haq miqdori va uni to'lash tartibi ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Muvaqqat boshqaruvchiga to'lanadigan haq miqdori kreditorlar yig'ilishining qarori asosida sud tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni o'z vazifasini bajarishdan ozod etish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Muvaqqat boshqaruvchining uni o'z vazifasini bajarishdan ozod etish to'g'risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda sud kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko'rsatilmagan bo'lsa, sud muvaqqat boshqaruvchini vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlanguniga qadar o'z vazifasini bajarishni davom ettiradi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
82-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.