Kreditorlar birinchi yig'ilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to'g'risidagi qarorida sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to'lashning ma'qullangan jadvali bo'lishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to'g'risida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yig'ilishi muvaqqat boshqaruvchini o'z vazifalarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yig'ilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
90-modda. Kreditorlar birinchi yig'ilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to'g'risidagi qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.